Til jamiyat taraqqiyotini harakatga keltiruvchi asosiy kuchdir. Insonning o‘zligini anglashi, unda milliy g‘urur, iftixor kabi oliy tuyg‘ularning qaror topishida tilning o‘rni nihoyatda beqiyos.
O‘zbek xalqining moddiy madaniyati uzoq o‘tmishga borib taqaladi. U otabobolarimizning o‘sha vaqtdagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-iqtisodiy, maishiy xususiyatlarini aks ettiradi.
Kiyimlar moddiy madaniyatning asosiy qismlaridan bo‘lib, ularda shu xalqning milliy xususiyatlari va madaniy qadriyatlari namoyon bo‘ladi. Har bir xalqning an’anaviy mashg‘ulot turi (dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va
h.k.), fasl va yoshdagi o‘zgarishlar, hatto o‘sha xalqning fe’l-atvoridagi nozik tomonlari ham kiyimlarda mujassamlashgan. Kiyimlar tarixning turli davrlarida bo‘lgan o‘zgarishlar barobarida o‘zgarib borgan va o‘sha zamonning
in’ikosini o‘zida aks ettirib turgan
Ҳар бир шоир ёки ёзувчи халқ тили бойлигидан ўзига хос тарзда фойдаланади. Бу билан бадиий асарнинг ғоявий-бадиий қимматини оширади, унинг мазмунли ва мукаммал бўлишини таъминлайди. Бадиий адабиёт тили
умумхалқ тили тараққиётига бўйсунади, сўзлашув тили ҳисобланган жонли тилга ҳам, китоб ва матбуот тили ҳисобланган адабий тилга ҳам асосланади. Чунки, ёзувчи ҳаётий воқеа-ҳодисаларни тасвирлаганда, образ яратганда жонли тилдаги шева ва касб-ҳунарга оид луғавий бирликлардан ва адабий тил меъёрларидан кенг фойдаланилади. Шунинг учун ҳам бадиий асар тили адабий тилга қараганда ҳам кенг қамровлидир